» » Xitoyda ilk bor hasharotlar asosida ishlab chiqilgan vaksina sinovdan o‘tkaziladi

Xitoyda ilk bor hasharotlar asosida ishlab chiqilgan vaksina sinovdan o‘tkaziladi


Xitoy hasharotlar hujayralari yordamida yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda klinik sinovdan o‘tkazishni ma’qulladi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu mamlakatda hasharotlar hujaylaridan yaratilgan vaksinaning odamlarda ilk bor sinovdan o‘tkazilishi bo‘ladi.

Shu bilan birga, Nature jurnalida e’lon qilinishicha, hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari vaksina sichqonlar, quyonlar va maymunlarda bir martalik inyeksiyadan so‘ng 7 yoki 14 kun o‘tgach yaqqol namoyon bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarsiz SARS-CoV-2 infeksiyasiga qarshi immun javob hosil qilishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Tadqiqot mualliflaridan biri, preparat ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Sichuan universiteti G‘arbiy Xitoy shifoxonasida katta ilmiy xodim bo‘lgan Vey Yuystyuanning ta’kidlashicha, olimlar avval ham hasharotlar hujayralaridan rekombinant vaksinalarni ishlab chiqish uchun foydalangan. Bu yo‘l bilan Yevropa va Amerika mamlakatlarida bachadon bo‘yni saratoni va grippga qarshi vaksina yaratishda ishlatilgan.

Bu tenologiyadan vaksinani keng miqyosda ishlab chiqish uchun mos keladi va uni odamlarda qo‘rqmasdan qo‘llash mumkin.

Avvalroq Intellektual mulk ishlari bo‘yicha Xitoy davlat boshqarmasi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaga birinchi patentni bergani ma’lum qilingandi.  Iyun oyida mazkur vaksinadan harbiy maqsadlarda foydalanishga ruxsat olingandi. Xitoy tomonidan yaratilgan vaksina 2020-yil dekabr oyi oxirlarida 144 dollardan sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Rossiyada esa 11-avgust kuni koronavirusga qarshi vaksina dunyoda birinchilardan bo‘lib ro‘yxatga olingan.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют