» » Xitoyda COVID-19’ga qarshi vaksinaga birinchi patent berildi

Xitoyda COVID-19’ga qarshi vaksinaga birinchi patent berildi


Intellektual mulk ishlari bo‘yicha Xitoy davlat boshqarmasi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaga birinchi patentni berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilgan.

Patent Xitoy xalq ozodlik armiyasining Harbiy tibbiyot fanlar akademiyasi hamda CanSino Biologics kompaniyasi nomiga berilgan. Ular birgalikda COVID-19’ga qarshi kurashda foydalaniladigan rekombinant (Ad5-nCoV adenovirus vektoriga asoslangan) vaksinani yaratgan. Avval iyun oyida mazkur vaksinadan harbiy maqsadlarda foydalanishga ruxsat olingandi. Undan oldinroq martda ushbu vaksinani sinash maqsadida Xitoyda klinik testlar o‘tkazilishiga ruxsat etilgandi.

Intellektual mulk ishlari bo‘yicha Xitoy davlat boshqarmasi e’lon qilgan xabarnomaga ko‘ra, sichqonlar va dengiz cho‘chqalarida o‘tkazilgan tadqiqotlar vaksinaning yaxshi immunogenlik xususiyatiga ega ekani, qisqa vaqt ichida intensiv hujayra hamda organizmda gumoral immun reaksiyani chaqira olishini ko‘rsatgan.

“Genetik modifikatsiyalashgan sichqonlarda himoya samarasining tadqiq qilinishi Ad5-nCoV yuborilganidan 14 kun o‘tgach o‘pka to‘qimalarida virus yuklamasini kamayishini ko‘rsatgan. Vaksina COVID-19’ga qarshi yaxshi immunohimoya samarasini beradi”, – deyiladi rasmiy izohda.

Xabar qilinishicha, vaksinaning birinchi va ikkinchi sinov bosqichlari Xitoy hududida o‘tkazilgan. Avvalroq Xitoy davlat mulki boshqaruvi va nazorati qo‘mitasi (SASAC) 2020-yil oxiri yoki 2021-yil boshlarida COVID-19’ga qarshi keyingi inaktiv vaksinaning bozorga chiqarilishi mumkinligini ma’lum qilgan. SASAC’ning aniqlik kiritishicha, vaksina klinik testlarning uchta bosqichi muvaffaqiyatli o‘tganidan keyin, uning samaradorligi hamda xavfsizligi isbotlansa, savdoga chiqariladi.

Mavzuga doir: Turkiya tomonidan yaratilgan vaksina odamlarda klinik sinovdan o‘tkazilishi ma’lum qilindi

Xitoyda jami 6 ta yangi vaksina klinik sinovlar bosqichigacha yetib borgan. Xitoylik olimlar COVID-19’ga qarshi turli vaksinalarni tadqiq qilish va ishlab chiqish ustida epidemiya boshlanganidan buyon faol ish olib bormoqda. Biroq COVID-19’ga qarshi vaksinani odamlarda sinab ko‘rish faqat rekombinant vaksina hamda inaktiv vaksinada ruxsat etilgan.

Mavzuga doir: Koronavirusga qarshi beshta nomzod vaksina klinik sinovlarning yakuniy bosqichida. Ular haqida nimalar ma’lum?

Avval iyul oyida Xitoy va O‘zbekiston koronavirus vaksinasini birgalikda sinovdan o‘tkazish uchun hamkorlik qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют