» » Jamshid Saidov: “Har uch kunda bir xil tarkib bilan o‘ynash qiyin”

Jamshid Saidov: “Har uch kunda bir xil tarkib bilan o‘ynash qiyin”


Coca-Cola Superliga 12-turi doirasida kechgan “Mash’al” — “Buxoro” uchrashuvidan (1:0) keyin har ikki jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Dastlab buxoroliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirdi.

“O‘yin juda qiyin bo‘ldi. Qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. Har uch kunda bir xil tarkib bilan o‘ynash qiyin. Futbolchilar tez tiklana olmayapti.  Ha, mag‘lubiyatga uchradik, ammo hayot davom etadi. Kelgusi uchrashuvga bor e’tiborimizni qaratamiz”, — deya Saidov so‘zlarini keltirmoqda “Championat.asia”.

Shuningdek, muborakliklar ustozi Botir Qorayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan edik. “Buxoro” jamoasi so‘nggi pog‘onada borayotgan edi. Shuning uchun ham ular bor kuchi bilan o‘ynashini bilar edik. O‘yin boshida biroz qiynaldik. Golgacha bizda ikkita qulay imkoniyat bo‘ldi, ammo foydalana olmadik. Barchani g‘alaba bilan tabriklayman”, — deydi Qorayev.

“Mash’al” ochkolarini 16 taga yetkazib oldi va 8-o‘rinda ketmoqda. “Buxoro” (6) esa so‘nggi o‘rindan joy olgan. “Buxoro” 13-turda OKMK bilan o‘ynaydi, “Mash’al” esa “Metallurg”ga qarshi bahs yuritadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют