» » Shavkat Mirziyoyev Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektorini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektorini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi


Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI) rektori Anatoliy Torkunov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni imzolangan.

Farmonda Anatoliy Torkunovning O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, gumanitar sohadagi ko‘p yillik samarali hamkorlikni hamda akademik va ilmiy-ta’lim almashuvlar bo‘yicha uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashdagi shaxsiy hissasi, shuningdek, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi bevosita ishtiroki qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Toshkentda 2019-yilning dekabr oyida MDXMIning filiali ochilgan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2018-yil oktabr oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida kelishilgan edi.

Bugungi kunga qadar MDXMIni 400 dan ziyod o‘zbekistonlik bitirgan. Ular orasida davlat arboblari, olimlar, yirik ishbilarmonlar bor. Ikkinchi jahon urushi faxriysi, olim Qo‘chqor Xonnazarov, MDXMIning Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Usmonov, Yevroosiyo banki direktorlar kengashi a’zosi, Eurasian Resources Group Sa.r.I (ERG) kompaniyasi asoschilaridan Fattoh Shodiyev shular jumlasidan.

Mavzuga doir: Fattoh Shodiyev: “Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent filiali ochilishini orzu ham qilmagan edik”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 00:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют