» » Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Akram Madumarovni qabul qildi

Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Akram Madumarovni qabul qildi


O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov 26-avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Akram Madumarovni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Xabarga ko‘ra Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat prezidentlarining tashabbuslari va sa’y-harakatlari bilan so‘nggi yillarda O‘zbekiston—Qirg‘iziston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etilgan.

Uchrashuvda davlat chegaralarini delimitatsiya qilish, o‘tkazish punktlari samarali faoliyatini ta’minlash, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, ikki davlat Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda chegaraoldi hududlar rahbarlari (hokimlari) kengashining navbatdagi majlislarini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shu kunlarda Toshkent shahrida O‘zbekiston—Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi ham bo‘lib o‘tmoqda, deyiladi agentlik xabarida.

Mavzuga doir: O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida yuz bergan mojaro yuzasidan 6 nafar so‘xlik qamoqqa olindi

Eslatib o‘tamiz, 22-avgustda Qirg‘iziston 31 ta davlat fuqarolariga o‘z chegaralarini ochgan, biroq ro‘yxatga O‘zbekiston kiritilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 06:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют