» » Osilgan qovoqlarni operatsiyasiz qanday o‘z holiga keltirish mumkin?

Osilgan qovoqlarni operatsiyasiz qanday o‘z holiga keltirish mumkin?


Yuqori qovoqning osilib qolishi ko‘pchilik ayollarning muammosi hisoblanadi. Qovoqlar osilib qolmasligi uchun nimalarga e’tibor qaratish, bartaraf qilish uchun nimalarga amal qilish kerak? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Yuqori qovoq nima uchun osilib qoladi?

Inson terisining 70 foizi taranglik va elastiklik uchun javob beradigan kollagen — oqsildan tashkil topgan bo‘ladi. Pomidor, karam, sabzi, ko‘kat va baliq mahsulotlari esa kollagen shakllanishida ahamiyatli bo‘lgan ozuqa moddalarining koni hisoblanadi. 25 yoshdan keyin kollagen ishlab chiqarilishi sustlashadi, 40 yoshdan keyin bo‘lsa ushbu jarayon to‘xtaydi. Teri tarangligi yo‘qolib, bo‘shashishi esa yuqori qovoqda ham o‘z aksini ko‘rsatadi.

Vazn tashlash

Birdaniga 10-15 kilogramm vazn tashlash natijasida yog‘ to‘qimasi juda tez eriydi va bu teri uchun stress hisoblanadi. Shu sabab birdaniga katta vazn tashlamaslik, sekin-asta ozish lozim. Masalan, haftasiga 200-300 gramm tashlang. Bunda salomatligingizda muammo kuzatilmaydi, teri esa o‘zgarishlarga oson adaptatsiya qila boshlaydi.

Qanday bartaraf etish mumkin?

Osilgan qovoqdan tezda qutilishning jarrohlik yo‘li ham bor va bu blefaroplastika deb ataladi. Lekin muammoni tig‘ bilan hal qilishdan avval tabiiy va oson yo‘llardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Yuz fitnesi

Yuz mashqlari qovoqlar ko‘tarilishi, yuz rangi tiniqlashishi va mayda ajinlarning yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Feysfitnes xalqaro akademiyasi ta’sischisi Yelena Karkukli 10 daqiqalik mashqlar har kuni bajarib borilsa, tez orada ijobiy natijani payqash mumkinligini ta’kidlaydi. Buning uchun kaftlaringizni peshonaga qo‘ying va ulari vertikal ravishda mahkamlang, qosh va peshonani kaft bilan tepaga torting. Nigohlaringizni pastga qaratib ko‘zingizni 15-20 marta ochib yoping. Keyingi mashqni bajarish uchun ikki qo‘lingizni ko‘zingiz atrofiga ko‘zoynak shakliga keltiring, bunda qo‘llar ko‘z mushaklarini sezishi kerak. Ko‘z mushaklarini ishlating va videodagidek davom ettiring.

Uqalash

Uqalash mashqlarini har kuni bajarish, iloji bo‘lsa, tongda yuzni yuvgandan keyin amalga oshirish kerak. Uqalash mushaklarning tiklanishiga, teri taranglashishiga yordam beradi. Buning uchun qo‘lingizni ko‘zning ichki burchagidan tashqi tomonga qarab harakatlantiring. Uqalash mashqini tunda makiyaj tozalanganidan keyin ham davom ettiring. Moychechak, mavrak, yalpiz o‘tlaridan qo‘shib tayyorlangan muz bo‘laklari yordamida uqalash ham yaxshi samara beradi.

Ovqatlanishga e’tibor qarating

A, B vitaminlari hamda foliy kislotasining yetishmasligi organizm, xususan, teri va soch ahvoli yomonlashishiga olib keladi. Terida shishlar bo‘lishi osilishining oldini olish, yuz terisi rangi sog‘lom ko‘rinishi uchun ovqatlanishingizga e’tiborsiz bo‘lmang. Ratsioningizda oqsil, yog‘, uglevodga boy mahsulotlar bo‘lishiga, baliq, ko‘katlar, brokkoli, ismaloq va yong‘oqlar iste’mol qilishga harakat qiling.

Makiyaj

Yuqori qovoq bilan bog‘liq muammoni makiyaj bilan ham berkitish mumkin:

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 09:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют