» » Yugursa ham ozmaslikning sababi nimada?

Yugursa ham ozmaslikning sababi nimada?


Vazn tashlash uchun yugursa ham o‘zgarish bo‘lmasligi boisi nimada, degan savolga Glamour nashri javob beradi.

1. Hamisha bir xil yugurish

Bir harakatni qayta va qayta takrorlanishiga inson tanasi ko‘?nikib qolib, kaloriya kam sarflanadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, o‘rtacha tezlikda yugurishning faqat birinchi bosqichidagina ijobiy natijaga erishish mumkin. Keyinchalik ko‘proq harakat qilish yoki ratsiondagi kaloriyali mahsulotlarni qisqartirish kerak bo‘ladi.

2. Tezlikni oshirmaslik

Jadallikni oshirish vazn tashlash uchun yagona chora hisoblanadi. Yugurish mashqingizni velomashg‘ulot bilan solishtiring va shunga qarab tezlashing. Agar maqsad chidamlilikni oshirish emas, vazn tashlash bo‘lsa, unda oz vaqt yugursangiz ham tezlikni kuchaytirishga harakat qiling.

3. Ko‘p kaloriya tashlashga diqqatni qaratish

Faqat kaloriya haqida bosh qotirish hech narsani hal qilmaydi. Quruq o‘y bilan hech narsa hal bo‘lmasligini unutmagan holda jarayonga ko‘proq e’tibor qarating. Sport zalda o‘tgan vaqt sizni mashqlardan boshqa paytda qancha kaloriya sarflashingizga ta’sir etadi. Siz mashq bajarish natijasida shishgan mushaklar sportdan tashqarida ham energiya talab qilishini unutmang.

4. Boshqa mashqlarni bajarmaslik

Ozish uchun muayyan strategiyaga amal qilinishi, u qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, mushaklar bilan ishlashni o‘z ichiga olishi kerak. Shu sabab faqat yugurish bilan cheklanmasdan boshqa mashqlarni ham bajaring.

5. Keragidan ortiq yugurish

Haddan tashqari faollik ham vazn tashlashga olib kelmasligi mumkin. Sport bilan shug‘ullanish jarayonida tanada stressga qarshi garmon — kortizol ishlab chiqariladi. Ushbu garmon insulin ishlab chiqarilishini to‘xtatadi va bu qorinda yog‘ to‘planishiga sabab bo‘ladi. Hormone Research jurnali o‘tkazgan tadqiqotda aniqlanishicha, uzoq, holdan toyib yugurganda tana ko‘p miqdorda kortizol ajratib, yog‘ yig‘ilishi va shishishlarga olib keladi.

Mavzuga doir:  



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют