» » Marhuma uchun pardozchi, itlarga qoladigan millionlar. Yulduzlarning eng kulgili vasiyatlari

Marhuma uchun pardozchi, itlarga qoladigan millionlar. Yulduzlarning eng kulgili vasiyatlari


Ayrim mashhur insonlar o‘limiga avvaldan tayyorgarlik ko‘rib qo‘yadi. Ularning “tayyorgarligi” siz o‘ylagandek emas, balki g‘ayrioddiy vasiyat yozishdan iborat.

Charli Chaplin

Charli Chaplin g‘ayrioddiy vasiyatlardan eng kulgilisini qoldirdi. Mashhur aktyor ajoyib tanlov o‘tkazishga qaror qildi. Komediya ustasi og‘izda tutundan beshta doira hosil qilib, ularning ichidan oltinchisini o‘tkazgan odamga bir million dollar pul va’da qilgan.

Ishtirokchilar shartni bajarishga qanchalar harakat qilmasin, buning uddasidan chiqa olmadi, yutuqqa ham erisholmadi. Ko‘rinishidan, Charli bunday ishni hech kim eplay olmasligini oldindan bilgan va shunchaki odamlar bilan hazil qilishni istagan.

Kim Kardashyan

Kim Kardashyan hatto o‘zining dafn marosimida ham latofatli bo‘lishni istaydi. U barchasini ikir-chikirlargacha o‘ylab qo‘ygan. Eng qizig‘i, u qanday pardoz va soch turmagi, kiyimi va tirnog‘ining bo‘yog‘i qanday bo‘lishi haqida rejalashtirib qo‘ygan.

“Agar mening ko‘rinishim yomon ahvolda bo‘lsa, orzularimni ta’riflash uyoqda tursin, hatto gapira olmayman ham. Pardozim betakror bo‘lishi kerak, manikyur va turmak ham o‘zgacha bo‘lishini xohlayman. Tobutda mukammal ko‘rinishni orzu qilaman”, – deydi Kim Kardashyan.

Frenk Sinatra

Frenk Sinatra uning qabriga Zippo olovyoqqichi, bir shisha viski hamda 10 sent pul qo‘yishlarini so‘ragan. Shunday qilib, xonanda keyingi hayotida ko‘ngil yozish uchun biror narsaga ega ekanligiga, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda avtomat-telefondan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishiga ishonch hosil qilgan.

Xonanda qabr toshini “Eng yaxshisi hali oldinda” degan ibora bilan bezashni ham so‘radi. Shuningdek, u o‘z mol-mulki va boyligini xotiniga meros qilib qoldirgan.

Opra Uinfri

Har ehtimolga qarshi Opra Uinfri ham vasiyatni tayyorlab qo‘ygan mashhurlardan biri. Teleboshlovchi hayoti davomida xayriya ishlarida faol ishtirok etdi, shuning uchun ham uning katta boyligi xayriya jamg‘armalariga taqsimlanadi va bundan tashqari, 30 million dollar uning itlari parvarishiga sarflanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют