» » Dani Alvesdan Xavigacha. Lionel Messi bilan “Barselona”da eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa

Dani Alvesdan Xavigacha. Lionel Messi bilan “Barselona”da eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa


Germaniyaning Transfermarkt portali hujumchi Lionel Messi bilan “Barselona” jamoasida eng ko‘p birga to‘p surgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra, Messi bilan eng ko‘p birga maydonga tushgan futbolchi Serxio Buskets bo‘lib turibdi. Ular o‘zaro 523 marta “Barselona” o‘yinida birga harakat qilgan.

Ushbu terma jamoaning to‘rt nafar vakili hozirda ham Messi bilan birga to‘p suradi. Bular: Xordi Alba, Xerard Pike, Serxio Buskets va Luis Suares

Ramziy terma jamoa bilan tanishing:

Darvozabon: Viktor Valdes (353 o‘yin);

Himoyachilar: Xordi Alba (301), Xavyer Maskerano (413), Xerard Pike (483), Dani Alves (349);

Yarim himoyachilar: Serxio Buskets (523), Andres Inyesta (489), Xavi (399);

Hujumchilar: Pedro (270), Lionel Messi, Luis Suares (258).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют