» » Taniqli hind aktrisasi Anushka Sharma ilk marta ona bo‘ladi

Taniqli hind aktrisasi Anushka Sharma ilk marta ona bo‘ladi


Hindistonning eng taniqli yulduzli juftliklaridan biri Anushka Sharma va Virat Kohli ota-ona bo‘ladi. Bu haqda juftlik Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

View this post on Instagram

And then, we were three! Arriving Jan 2021 ??????

A post shared by AnushkaSharma1588 (@anushkasharma) on

“Biz uch kishi bo‘lamiz”, — deb izohladi homilador aktrisa turmush o‘rtog‘i bilan birga tushgan suratini.

Anushkaning farzandi 2021-yilning yanvarida dunyoga keladi.

Ma’lumot uchun, taniqli kriketchi Virat Kohli va Anushka Sharmaning to‘yi 2017-yilda Italiyada katta dabdaba bilan o‘tkazilgan. Tantanada ko‘plab Bollivud yulduzlari mehmon bo‘lgan. Italiyaga bora olmagan do‘st va qarindoshlari uchun juftlik Nyu-Dehlida ham to‘y qilib bergan.

Anushka o‘zbek tomoshabinlariga “Tangri yaratgan juftlik”, “Toki hayot ekanman”, “Pikey”, “Oshiq qalblar” hamda “Nol” filmlari orqali yaxshi tanish.

Mavzuga doir: Bollivudning yulduzli juftligi Saif Ali Xon va Karina Kapur ikkinchi bor ota-ona bo‘ladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют