» » Tanzila Norboyeva: “Ba’zi qonunlar o‘z vaqtida ayrim shaxslar manfaatiga moslab chiqarilgan”

Tanzila Norboyeva: “Ba’zi qonunlar o‘z vaqtida ayrim shaxslar manfaatiga moslab chiqarilgan”


Tashkent City’dagi Kongress-hollda 26-avgust kuni Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarining “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda Yoshlar parlamentining o‘rni va istiqboldagi dolzarb vazifalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda “Kun.uz” xabar qildi.

Davra suhbatida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, senatorlar va yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul idoralar vakillari ham ishtirok etgan.

Suhbat avvalida Tanzila Norboyeva yoshlar parlamentini tuzishdan ko‘zlangan maqsadlar haqida gapirdi.

“Yoshlar parlamenti a’zolari Senatda qabul qilinayotgan barcha qonunlar, ayniqsa, yoshlar masalasiga oid qonunlarga o‘z takliflarini berishi kerak. Yoki hukumat hozir qanday yangi qonunlar qabul qilishi kerak? Nimalar O‘zbekistonning rivojiga to‘siq bo‘lyapti? Balki, biz yoshi kattalar shu jihatlarni ko‘rmayotgandirmiz. Marhamat, barcha o‘z taklifini kiritsin”, – dedi Senat raisi.

Senat raisi O‘zbekistonning amaldagi hukumati oldida turgan qator masalalarni ham sanagan va ularni hal qilishda yoshlarning o‘rni yuqori ekanini ta’kidlagan.

“Tan olish kerak, hozir ishlayotgan ayrim qonunlar korrupsiyaga yo‘l ochadi yoki sof raqobatga yo‘l bermaydi. Bu qonun yoki normalar o‘z vaqtida ayrim shaxslarning manfaatlariga moslab ishlab chiqilgani ham haqiqat”, – dedi u.

Senat raisi gap aynan qaysi qonun hujjatlari haqida borayotganiga aniqlik kiritmagan. O‘z nutqi davomida Tanzila Norboyeva qator masalalarda yoshlarni taklifi va tashabbusi juda muhimligini ta’kidlagan.

“Xalqaro reytinglar, gender tengligi masalalarini oling. Bu ko‘rsatkichlarda o‘rnimizni yaxshilash biz uchun juda muhim. Chunki bu orqali O‘zbekistonga kiradigan investitsiyalar oqimini yaxshilaymiz. Odam savdosi muammosi ham oldimizdagi katta muammo. Afsuski, bu muammoning qurbonlari juda ko‘p holatda yoshlar va ayollar bo‘lib qolyapti.

Men nega bularni gapiryapman. Bu masalalarda albatta sizning taklif va tashabbuslaringiz biz uchun juda muhim”, – dedi Norboyeva.

Avvalroq Tanzila Norboyeva 22-avgust kuni moliya vaziri Temur Ishmetov bilan muloqoti davomida qandaydir tor doiradagi shaxslarning manfaati xalq manfaatidan ustun bo‘lishi kerak emasligini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют