» » 2020-yilda O‘zbekistonda yoshlar parlamenti tuzilishi mumkin

2020-yilda O‘zbekistonda yoshlar parlamenti tuzilishi mumkin


O‘zbekistonda 2020-yilda yoshlar parlamenti tuzilishi mumkin. Yoshlar parlamenti a’zolari yoshlarga daxldor qonunlar tayyorlanishi, takomillashtirilishida senatorlar bilan birga ishtirok etadi. Ushbu jarayonda ularning fikrlari inobatga olinadi. Bu haqda Senat raisi Tanzila Norboyeva “XXI asrda gender va yoshlar masalalarida sheriklikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro forumda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Senat axborot xizmati.

Shu bilan birga, Senat raisi mamlakatda yoshlar bandligini ta’minlash, ularning ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida beshta muhim tashabbus ilgari surilgani va uning doirasida maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani borasida so‘z yuritdi.

Tanzila Norboyevaning so‘zlariga ko‘ra, bugungi globallashuv davrida yoshlar va xotin-qizlarni ekstremistik g‘oyalar ta’siridan, zo‘ravonlik va odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlardan himoya qilish — har bir davlat oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu kabi salbiy holatlarning kelib chiqishiga mehnat migratsiyasi masalasi asosiy omillardan biri bo‘lmoqda.

Uning qayd etishicha, mazkur muammolarni hal etishda hech qaysi davlat yakka holda samarali natijalarga erisha olmaydi. Shu bois ularga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va birgalikda ishlash zarur. O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash, oilalar va xotin-qizlar bilan ishlash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, migratsiya masalalarini tartibga solish borasida xalqaro standartlarga mos ravishda me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi va to‘liq huquqiy asoslar yaratildi.

Navbatdagi vazifa mazkur yo‘nalishlardagi xalqaro va xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda ushbu huquqiy hujjatlarni amaliyotga tatbiq etishdan iborat, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2019, 03:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют