» » Taniqli aktyor Fatulla Mas’udovning koronavirus sabab ahvoli og‘ir ekanligi ma’lum qilindi

Taniqli aktyor Fatulla Mas’udovning koronavirus sabab ahvoli og‘ir ekanligi ma’lum qilindi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udov koronavirusning og‘ir formasini boshdan kechirmoqda. 27-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda aktyorning og‘ir ahvolda ekanligi haqida ma’lumot tarqaldi.

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva Instagram’dagi sahifasida folloverlaridan Fathulla Mas’udov tuzalib ketishi uchun duo qilishni so‘radi.

View this post on Instagram

Азизларим, кушгани билан куша кари, дарду балолардан асрасин, кариндошда кайгу булмасин, деб дуо килишади кексаларимиз. Бу сузларнинг асл маъносини яхширок тушуниб турибман шу кунлар. Хамма хам болаларига бош булиб, куша-кариб, кексайиб юрсин экан. Сизларга аввал хам абу Хабибуллох хакига дуо сураб мурожаат килгандим. Поччам Фатхулла Масудов пневмониянинг огир формасини бошларидан утказяптилар. Аллохдан тез орада согайиб кетишларини сураб, сизлардан эса дуода булишингизни илтимос килиб коламан. Бегубор, мехрибон, жигаржон, самимий поччамга Аллох комил шифо берсин. Амин. Хайрли соглик берсин. Дуоларингизни айяманглар азизларим ????????????????????????????????????????

A post shared by Sadullaeva Muqaddas (@muqaddas_sadullaeva) on

Shoir Muhammad Ismoilning yozishicha, Fathulla Mas’udovning ahvoli og‘ir.

Ma’lumot uchun, Fathulla Mas’udov 1963-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2015-yildan buyon O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelmoqda. 1999-yili “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘lgan. 2003-yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan. 2014-yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

“Eshitishimga qaraganda, do‘stimiz Fathulla Mas’udov og‘ir ahvolda ekan. Do‘stim, ilohim, umringiz uzoq bo‘lsin! Sog‘-salomat o‘ynab kulib keting! Sizni butun O‘zbekiston sevadi!”, — deb yozdi Muhammad Ismoil.

Eslatib o‘tamiz, 25-avgust kuni O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova koronavirus oqibatida vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют