» » Luis Suaresning “Barselona”dagi kelajagi Messiga bog‘liq ekanligi aytildi

Luis Suaresning “Barselona”dagi kelajagi Messiga bog‘liq ekanligi aytildi


“Barselona” hujumchisi Luis Suaresning manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Alexandro Balbi mijozining katalon klubidagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

Luisning “Barselona”dagi kelajagiga Messining qolish yoki qolmasligi ta’sir qiladi. Ular maydonda va uning tashqarisida ham ajoyib do‘st. Ular doimo bir-birini qadrlagan. Suaresga taklif bormi? Albatta, u jahon futbolidagi eng yaxshi hujumchilardan biri. Shuni ham yodda tutish kerakki, “Barselona”ning qarori faqat sport prinsiplariga bog‘liq emas. Luis Barselonadan shunchaki keta olmaydi, chunki uning oilasi ko‘p yillardan beri shu yerda yashaydi.

Alexandro Balbi, advokat

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman Suaresning xizmatlaridan voz kechgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Lionel Messining ham klubni tark etish niyati jiddiy ekani oydinlashgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют