» » RAC1: Messi “Barselona”dagi kelajagi borasida aniq tasavvurga ega emas

RAC1: Messi “Barselona”dagi kelajagi borasida aniq tasavvurga ega emas


“Barselona” hujumchisi Lionel Messining klubdagi kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda.

33 yoshli argentinalik futbolchi jamoaning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman bilan uchrashib, uning rejalarini muhokama qilgan.

Mutaxassis o‘z loyihasi haqida Messiga gapirib bergan. RAC1 xabariga ko‘ra, Messi Kumanga klubdagi kelajagi haqida aniq tasavvurga ega emasligini aytgan.

Futbolchi Chempionlar Ligasi doirasida o‘tkazilgan “Bavariya”ga qarshi o‘yindan (2:8) so‘ng klubdagi vaziyatdan noroziligini bildirib, Kataloniya klubini tark etish haqida o‘ylayotganini aniq ko‘rsatgan.

“Barselona” esa futbolchi bilan shartnoma borligini ta’kidlamoqda va hozircha Kuman va Messi o‘rtasidagi uchrashuv haqida hech qanday ma’lumot bermagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют