» » Habib Nurmagomedov Instagram orqali eng ko‘p daromad topadigan rossiyalik blogerlar top-10 ligidan joy oldi

Habib Nurmagomedov Instagram orqali eng ko‘p daromad topadigan rossiyalik blogerlar top-10 ligidan joy oldi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali eng ko‘p daromad topgan rossiyalik blogerlar reytingidan o‘rin oldi.

Dog‘istonlik yakkakurashchi Forbes tomonidan tuzilgan reytingda 10-o‘rinni egalladi. Uning obunachilari 21,2 millionni tashkil etadi. Habib Instagram orqali so‘nggi bir yil ichida reklamalardan 0,6 million dollar daromad topgan.

Reytingda birinchi o‘rinni teleboshlovchi va bloger Kseniya Sobchak (1,48 million dollar) egallagan bo‘lsa, qo‘shiqchi Polina Gagarina (0,89) va bloger Ida Galich (0,85) kuchli uchlikdan o‘rin olgan.

Ta’kidlash joiz, Habib mazkur ro‘yxatning top-10 ligidan o‘rin olgan yagona erkak bloger hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют