» » Rivaldo: Messidek futbolchining “Barselona”dan tekinga ketishi klub uchun og‘ir zarba bo‘ladi

Rivaldo: Messidek futbolchining “Barselona”dan tekinga ketishi klub uchun og‘ir zarba bo‘ladi


“Barselona” sobiq futbolchisi Rivaldo katalon klubi forvardi Lionel Messining “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirdi.

U 33 yoshda, ammo uning iste’dodini inkor etib bo‘lmaydi, va menimcha, u yana hali yana bir necha yil cho‘qqida bo‘ladi. U Angliyada tezda porlashi mumkin. Gvardiola Messining imkoniyatlarini yaxshi biladi va uni tezda jamoaga qo‘shib yubora oladi. Hatto Gvardiolaning jamoa o‘yinini Messi atrofida qurishini ham tasavvur qilyapman. Uning iste’dodi istalgan joy va vaqtda ish berishi mumkin, men uning Premyer Ligada ham g‘alabalarga erishishiga ishonaman.

“Barselona”ning eng buyuk o‘yinchisi klubni tark etish uchun shartnomani bekor qilish bandidan foydalanmoqchi bo‘layotganini ko‘rish qayg‘uli. Ammo biz voqeaning ikkala tomonini ham eshitishimiz va aslida nima bo‘layotganini tushunishga harakat qilishimiz kerak.

Pandemiya tufayli klub katta qiyinchiliklarga duch kelayotgan bir paytda eng asosiy yulduzni bepul yo‘qotish — katta zarba. Bu Messining zudlik bilan ketishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omil, chunki “Barselona” pul ishlab olmoqchi.

Ronalduning 2018-yilda “Yuventus”ga 100 million yevro evaziga sotib yuborilgani “Real” uchun unchalik ham foydali bo‘lmagandek ko‘ringandi. Biroq Messi bilan bo‘layotgan voqealarga qarab, hammasi “Real” uchun unchalik yomon bo‘lmaganini ko‘rish mumkin. Boisi Madrid klubi kerakli vaqtda yaxshigina pulga ega bo‘lgandi.

Messining “Barselona”dagi hikoyasi tugaganini ko‘rish juda achinarli. Ammo bu futbol, ba’zida ishlar biz kutgandek bo‘lmaydi.

Rivaldo, sobiq futbolchi

Avvalroq Messi “Barselona”dan ketishga qaror qilgani va u “Manchester Siti” o‘tishga yaqin turgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют