» » Ronaldo: “Barselona” rahbariyati o‘rnida bo‘lganimda, Messining ketishiga yo‘l qo‘ymasdim

Ronaldo: “Barselona” rahbariyati o‘rnida bo‘lganimda, Messining ketishiga yo‘l qo‘ymasdim


“Real” va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo “Barselona” hujumchisi Lionel Messining jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirdi.?

Messi – butun jamoa unga moslashadigan o‘yinchilardan. Agar men “Barselona” rahbariyati o‘rnida bo‘lganimda, uni hech qachon qo‘yib yubormagan bo‘lardim. U klub bilan juda yaxshi munosabatlarga ega. U jamoani sevishdan to‘xtaydi deb o‘ylamayman.

Vaziyatni Chempionlar Ligasidagi “Bavariya”ga qarshi o‘yin (2:8) murakkablashtirdi. Messi xuddi ular kabi, jamoadoshlarining yordamiga muhtoj. “Barselona” kelgusi mavsumlarda boshqacharoq o‘ylashi kerak. Agar asosiy o‘yinchi ketsa, bu muammoni hal qilmaydi.

Ronaldo, sobiq futbolchi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Barselona” Messini klubda qolishga ko‘ndirmoqchi, ammo ba’zi bir rahbarlar yaxshi taklif bo‘lsa, uni boshqa klubga sotishga ham qarshi emasligini bildirgan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют