» » Putin Lukashenkoning iltimosiga ko‘ra huquqni muhofaza qilish organlaridan iborat zaxira tuzdi. Ular Belarusga yuborilishi mumkin

Putin Lukashenkoning iltimosiga ko‘ra huquqni muhofaza qilish organlaridan iborat zaxira tuzdi. Ular Belarusga yuborilishi mumkin


Rossiya prezidenti Vladimir Putin huquqni muhofaza qilish organlaridan iborat zaxira tuzilgani, zarur holatda ular Belarusga yuborilishi mumkinligini ma’lum qildi. Meduza’ning xabar berishicha, bu haqda u “Rossiya” telekanaliga bergan intervyusida aytgan.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu Aleksandr Lukashenkoning iltimosiga binoan amalga oshirilgan.

Putinning ta’kidlashicha, hozircha Rossiya xavfsizlik xizmati xodimlarini Belarusga yuborishga ehtiyoj yo‘q. “Belarusdagi ekstremistik unsurlar chegaradan chiqib, bosqinchilikni boshlamaguncha Rossiya kuchlaridan foydalanilmaydi”, — deb qo‘shimcha qilgan u.

Shuningdek, Putinning so‘zlariga ko‘ra, Belarusda siyosiy inqiroz yuz bersa, Rossiya Yevropa va AQSh mamlakatlaridan farqli ravishda o‘zini bosiq va neytral tutadi.

Avvalroq Lukashenko Putin bilan Belarusdagi norozilik namoyishlari haqida suhbatlashgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Belarusda nima gap? 26-avgustning asosiy voqealari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют