» » Ozbekistonda geologiya-qidiruv ishlari 2021-yilda 2 barobar kengaytiriladi

Ozbekistonda geologiya-qidiruv ishlari 2021-yilda 2 barobar kengaytiriladi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-avgust, payshanba kuni geologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi boyicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari Oliy Majlisga 2020-yil yanvar oyidagi murojaatnomasida har yili ilm-fanning bir nechta yonalishiga ustuvor ahamiyat qaratilib, ular jadal rivojlantirilishini takidlagan. 2020-yilda geologiya sohasi ana shunday yonalishlardan biri etib belgilangan.

Shu maqsadda Prezidentning 4 ta qarori qabul qilindi. Ularning ijrosi doirasida sohani modernizatsiya qilish va raqamlashtirish, geologik qidiruv kolami va samaradorligini oshirishga erishilmoqda.

Ozbekistonda yangi geologiya tizimi yaratilmoqda. Uni rivojlantirishdan maqsad tabiiy resurslarni xalqimiz manfaatiga yonaltirish, ish joylari tashkil etib, odamlarni boy qilish, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Takidlanishicha, birinchi navbatda geologik ilm-fanni tiklash va zamonaviy kadrlar tayyorlashga zamin yaratildi. Xususan, Geologiya fanlari universiteti tashkil etilib, uning tarkibiga 4 ta ilmiy-tadqiqot instituti birlashtirildi.

Zamonaviy burgulash va laboratoriya uskunalari olib kelindi. Buning natijasida burgulash unumdorligi 2019-yilga nisbatan 25 foiz oshdi. Jumladan, rudadagi elementlarni aniqlash kolami 40 tadan 63 tagacha kopaydi.

Malum qilinishicha, 2020-yil boshidan buyon 150 ta yangi kon davlat balansiga olindi. Oltin, kumush, uran, mis, molibden resurlari va zaxiralari kopaydi. Jumladan, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi Kuljuktov hamda Auminzotov toglari hududida 3 ta oltin, Samarqand viloyati Kattaqorgon tumani hamda Jizzax viloyati Arnasoy tumanida 2 ta uran koni aniqlandi. Shuningdek, 32 ta geologiya-kon zaxirasi xalqaro JORC standartlariga otkazildi.

Qishloq xojaligini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida 155 ming gektar maydonda tezkor gidrogeologik izlanishlar olib borildi. Suv tanqis hududlarda sutkasiga qoshimcha 90 ming kubometr taminlaydigan suv zaxiralari tasdiqlandi.

Tadbirda Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasi raisining hisoboti eshitildi. 20 ta yangi konga onlayn auksionda, ochiq va shaffof tarzda salohiyatli xorijiy investorlarni jalb etish jarayonining borishi korib chiqildi.

Sohadagi ishlar natijadorligini oshirish, qonunchilik bazasini mustahkamlash hamda investitsiya salohiyatini yanada kengaytirish boyicha navbatdagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Davlat rahbari 2021-yilda geologiya-qidiruv ishlarini 2 barobar kengaytirib, yangi istiqbolli maydonlarni aniqlash, sohaga zamonaviy laboratoriya texnikalarini joriy qilishni jadallashtirish muhimligini takidladi.

Geologiya qomitasiga sanoat kooperatsiyasi asosida yangi konlarni qidirish, topilgan resurslarni ozlashtirish uchun xususiy sektorga berish amaliyotini yanada keng qollash boyicha topshiriq berildi.

Namangan tajribasi asosida har bir hududda geologik, ayniqsa, gidrogeologik qidiruvlar boyicha doimiy ekspeditsiyalar tashkil etish zarurligi aytildi.

Foydalanishga berilgan yer qari uchastkalarini ozlashtirish samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish yuzasidan korsatmalar berildi. Mutasaddilarga belgilangan chora-tadbirlar boyicha yol xaritasi ishlab chiqish vazifasi qoyildi.

Mavzuga doir:Shavkat Mirziyoyev: Geologiyasiz sanoatni rivojlantirib bolmaydi



Manba: Daryo.uz
: admin (27-08-2020, 19:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -