» » AQShda koronavirusni 15 daqiqada aniqlab beruvchi 5 dollarlik ekspress-testlar sotish boshlanadi

AQShda koronavirusni 15 daqiqada aniqlab beruvchi 5 dollarlik ekspress-testlar sotish boshlanadi


Amerikaning Abbott Laboratories farmatsevtika kompaniyasi ular tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19’ni aniqlovchi ekspress-testdan foydalanish AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifati bo‘yicha sanitariya nazorati boshqarmasi (FDA) tomonidan ma’qullanganini ma’lum qildi. Kompaniya BinaxNOW testlarini 5 dollardan sotishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, Abbott Laboratories iOS va Android mobil qurilmalari uchun NAVICA dasturini ishga tushiradi. Ilova o‘tkazilgan testlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qulay formatda saqlaydi. Uning egasi ogranizmida COVID-19 yo‘qligini tasdiqlash uchun talab qilingan joyga ushbu ilovadagi ma’lumotni taqdim etishi mumkin.

Organizmda virus bor-yo‘qligini tekshirish uchun burunning shilliq qavatidan surtma olinadi, test natijasi 15 daqiqadan so‘ng tayyor bo‘ladi.

Kompaniya testning natijani tezkor chiqarib berishi, uning plastik kartadek keluvchi kichkina hajmga egaligini hisobga olib, unga birinchi navbatda tibbiyot va o‘quv muassasalarida talab katta bo‘lishiga umid qilmoqda.

Qayd etilishicha, Abbott Laboratories sentabr oyida buyurtmachilarga bir necha o‘n million to‘plamlar yetkazib bermoqchi, oktabr oyida esa ishlab chiqarish hajmini oyiga 50 million donaga yetkazadi.

BinaxNOW’dan foydalanishga ruxsat FDA tomonidan soddalashtirilgan tartibda berilgan bo‘lib, bunday tartib favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniladi va pandemiya sharoitiga ham tatbiq etiladi.

Avvalroq AQShdagi Jorj Vashington universiteti tadqiqotchilari mobil telefonlar yordamida koronavirusni aniqlovchi kichik qurilma yaratgani, Eronda koronavirusni yarim daqiqada aniqlovchi nanotest yaratilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Ekspress-test yoki IXLA: Antitanachalarni aniqlashda eng samarali test qaysi biri ekanligi aytildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют