» » Koronavirusni aniqlovchi ekspress-test qurilma yaratildi

Koronavirusni aniqlovchi ekspress-test qurilma yaratildi


Bosch’ning tarkibiy qismlarini yetkazib beruvchi kompaniya koronavirusni aniqlovchi ekspress-testni yaratdi. Maxsus qurilma yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi tibbiyot xodimi 2,5 soat ichida tashxis ma’lumotlarini olishi mumkin, deya xabar beradi Motor. Odatdagi holatda bunga bir-ikki kun sarflanadi.

Bosch Vivalytic qurilmasi Irlandiyaning Randox Laboratories texnologik kompaniyasi bilan hamkorlikda olti hafta ichida yaratildi. Ushbu qurilma molekulyar tashxisni amalga oshirishga mo‘ljallangan universal va to‘liq avtomatlashtirilgan platforma ko‘rinishida: shifokor burun yoki tomoqning shilliq qavatidan surtma olib maxsus katrijga joylashtirishi kerak. Uning ichida kerakli reagentlar bo‘lib, natijani chiqarib beradi.

Bosch Vivalytic 95 foiz aniqlikka ega bo‘lib, materialning to‘liq tahliliga 2,5 soat ketadi. Qurilma nafaqat koronavirusni, balki yana to‘qqizta respirator kasallikni aniqlashga qodir, jumladan, A va B gripplarini ham. Bu turdagi qurilmalarning 100 donasi bir kunda o‘rtacha 1000 ta tahlilni amalga oshiradi, bu esa infeksiya tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют