» » Gonkonglik olimlar koronavirusni 40 daqiqada aniqlaydigan uskuna ixtiro qildi

Gonkonglik olimlar koronavirusni 40 daqiqada aniqlaydigan uskuna ixtiro qildi


Gonkong fan va texnika universiteti tadqiqotchilari koronavirusni qisqa vaqt ichida aniqlovchi qurilma ixtiro qildi, deb xabar berdi “RBK”.

“Mikrosuyuq chiplarning yangi texnologiyasi tufayli qurilma koronavirusni 40 daqiqada aniqlay oladi”, — deyiladi xabarda.

Taqqoslash uchun, hozirda koronavirusni aniqlash uchun ishlatilayotgan texnologiya bu jarayon uchun 1,5 soatdan 3 soatgacha vaqt sarflaydi.

Yangi uskunaning ishlash tartibi burun bo‘shlig‘idan olingan namunani tekshirishga qaratilgan.

Har bir qurilma mikroflyuid portativ PCR analizatori, dastlabki qayta ishlash bloki, biotest chipi va koronavirus nuklein kislotalarini aniqlash uchun yangi to‘plamlar bilan jihozlangan. Bunda uskuna bir vaqtning o‘zida sakkizta namunani tekshira oladi.

Avvalroq Xitoy hukumati koronavirusga davo topilganini ma’lum qilgan edi. Uxan shahridagi virusologiya instituti 2016-yildayoq Amerikaning Gilead Sciences biotexnologik kompaniyasi tomonidan yaratilgan “Remdizivir”ga patent olish uchun talabnoma kiritdi.

Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 636 kishiga yetdi. Mamlakatda umumiy hisobda 31 161 ta kasallanish holati qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют