» » O‘zbekiston koronavirusni aniqlovchi 50 mingta test tizimini ishlab chiqarishga tayyorligi ma’lum qilindi

O‘zbekiston koronavirusni aniqlovchi 50 mingta test tizimini ishlab chiqarishga tayyorligi ma’lum qilindi


AOKAdagi shtabda 27-aprel kuni o‘tkazilgan brifingda Innovatsion rivojlanish vazirligi vakili o‘zbekistonlik olimlar ishlab chiqqan koronavirusni aniqlovchi test tizimi to‘g‘risida so‘z yuritdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

“Vazirlik topshirig‘iga ko‘ra, olimlar fevral oyida virusning butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgani, virusning O‘zbekistonga ham kirib kelish xavfi mavjudligini inobatga olgan holda mamlakatda koronavirusni aniqlovchi test tizimini ishlab chiqish ustida ish boshlashgan edi.

Test tizimi COVID-19 virusi genomining uch uchastkasining polimer zanjir reaksiyasi (PZR) usulidagi tahlilga asoslangan va bu o‘zbek olimlari tomonidan ishlab chiqilgan test tizimining alohida xususiyatidir. Hozirgi kunda amalda ishlatilayotgan mavjud testlar faqat bir uchastka tahliliga asoslangan. Mazkur test tizimining afzalligi uning tezkorligidadir. Kasallikka tashxis qo‘yish uchun inson dimog‘idan namuna olinadi, negaki aynan unda katta qismda virus to‘planadi. So‘ngra virus RNKsi olinadi, DNK shakliga o‘tkaziladi va polimer zanjir reaksiyasi (PZR) tahlili amalga oshiriladi. Butun jarayon taxminan 5—6 soat vaqtni oladi. Bu ekspress test emas, balki faqat maxsus laboratoriyalarda foydalanish mumkin bo‘lgan to‘laqonli testdir”, — dedi vazirlik axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova.

Abduqunduzovaning qo‘shimcha qilishicha, hozirda mazkur test tizimlarining laboratoriya va klinik sinovlari yakunlandi. Vazirlik huzuridagi Ilg‘or texnologiya markazi 50 mingta shunday test tizimini ishlab chiqarishga tayyor. Tegishli tashkilotlardan ushbu testdan foydalanishga ruxsat berilganidan so‘ng uni tezkorlik bilan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют