» » Rossiyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha 2 ta yangi test tizimi yaratildi

Rossiyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha 2 ta yangi test tizimi yaratildi


Rossiyada koronavirusni aniqlashga imkon beradigan ikkita yangi test tizimi yaratildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Roszdravnadzor” 27-mart, juma kuni, COVID-19’ni aniqlashga imkon beradigan testlarni ishlab chiqara oladigan ikkita yangi kompaniyani ro‘yxatga olgan. Ular “Liotex” va “Vektor-best” kompaniyalari hisoblanadi.

Shu tariqa, ayni paytga kelib Rossiyada oltita tashkilotning testlari ro‘yxatdan o‘tdi. Ularning uchtasi davlat korxonalari bo‘lsa, qolgan uchtasi xususiy kompaniyalar hisoblanadi. Birinchi xususiy kompaniya “Smartlayfkea” o‘z test tizimini 20-mart kuni ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, yana 10 ta kompaniyaning test tizimlari ro‘yxatdan o‘tishga tayyorlanmoqda.

“Rospotrebnadzor”ning ma’lum qilishicha, Rossiyada 30-martga qadar koronavirusni aniqlash bo‘yicha 344 mingta test o‘tkazilgan, ularning 80 mingtasi 29-mart kuni amalga oshirilgan.

Mavzuga doir: Koronavirusni aniqlovchi ekspress-test qurilma yaratildi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham koronavirusni aniqlash bo‘yicha test tizimi ishlab chiqilgan. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklariga 300 mingta ekspress-test va 500 ta sun’iy nafas oldirish apparati xarid qilish, xavf yuqori bo‘lgan aholi punktlarida ko‘chma laboratoriyalar tashkil etish vazifasi qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют