» » Rossiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlaydigan test tizimini yubordi

Rossiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlaydigan test tizimini yubordi


O‘zbekiston Rossiyadan koronavirusni aniqlovchi test tizimlarini oldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Rospotrebnadzorga tayanib.

Qayd etilishicha, koronavirus tarqalishi munosabati bilan Rospotrebnadzor epidemiologik vaziyatni monitoring qilish va yordamga muhtoj davlatlarga ko‘mak berish maqsadida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo mamlakatlar, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston, Xitoy va Eronga test tizimlarini bepul yuborgan.

COVID-19 koronavirus infeksiyasini laboratoriyada aniqlovchi jami 800 ta test tizimi jo‘natilgan bo‘lib, mutaxassislarga 80 mingta tadqiqot o‘tkazish imkonini beradi.

Avvalroq JSST vakili koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi ehtimoli yuqori ekanini bildirgandi.

Shavkat Mirziyoyev 11-mart kuni mamlakatda jamoat salomatligini ta’minlash tizimi samaradorligini oshirish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazib, koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriqlar berdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev koronavirus haqida gapirdi (video)

 Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonda koronavirusni yashirish imkonsizligini, agar kasallik mamlakat hududida qayd etiladigan bo‘lsa, unga qarshi kurash uchun dori vositalarining zaxirasi, shuningdek, profilaktika bo‘yicha imkoniyatlar yetarli ekanini aytgandi. Shuningdek, vazirlik spirtli ichimliklar ichishga undovchi SMSlarni yubormaganini, alkogol mahsulotlari koronavirusdan himoya qilmasligini ta’kidlagan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 1900 dan ortiq kishi koronavirus bo‘yicha tibbiy kuzatuvda turibdi. Mamlakatda shu kungacha koronavirus qayd etilmadi.

Mavzuga doir: Koronavirus sababli Rossiyaning Yahudiy avtonom viloyatida xitoylik ishchilar o‘rnini o‘zbekistonliklar egallaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют