» » Shota Arveladze: Hech bir klubga o‘yindan oldin “Andijon” bilan bo‘lgan holatni tilamagan bo‘lardim

Shota Arveladze: Hech bir klubga o‘yindan oldin “Andijon” bilan bo‘lgan holatni tilamagan bo‘lardim


“Paxtakor” jamoasi bosh murabbiyi Shota Arveladze Coca-Cola Superliga 13-turi doirasida “Andijon”ga qarshi kechgan bahsdan (2:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Hech kimga bu o‘yindan avval bo‘lgan holatni tilamagan bo‘lardim. Birinchi jamoa o‘ynaydimi yoki yo‘q bilmaydi, ikkinchisi esa kutadi, o‘yin bo‘ladimi yoki yo‘q. Bu eng yomoni. Ruhiy tomonlama, motivatsiya tomonlama juda og‘ir. “Andijon” uchun ham, biz uchun ham, butun o‘zbek futboli uchun juda muhim edi. Superligada o‘yin bekor qilinishi juda ham xunuk holat.

“Andijon” yaxshi himoyalandi. Bundan ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Afsuski, bir nechta qarshi hujumlarni o‘tkazib yubordik. Balki bu boshqa darajadagi o‘yinda qimmatga tushishi mumkin.

Xudoga shukur, o‘yinni jarohatlarsiz o‘tkazdik. Asadbek Sobirjonovning qo‘li sinmagan deb umid qilaman. “Lokomotiv” rahbariyatiga yaxshi stadion uchun rahmat aytaman.

Ikkinchi bo‘limda to‘pni ham, o‘yinni ham juda yomon nazorat qildik deb o‘ylayman.

Eren Derdiyok o‘zbek futboliga qachon to‘liq kirishib ketadi? Menimcha, u to‘liq moslashib bo‘ldi.

Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, 27-avgust tongida “Andijon” moliyaviy qiyinchiliklar sabab “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi va shu sabab jamoaga texnik mag‘lubiyat yozilishi xabar qilingandi. Biroq tushdan keyin o‘yin bo‘lib o‘tishi va “Andijon” PFL tomonidan ogohlantirish olgani ma’lum qilindi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Paxtakor” ochkolarini 34 taga yetkazib oldi va yakka peshqadamlikda davom etmoqda. Jamoa keyingi turni 1-sentabr kuni “Navbahor”ga qarshi o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют