» » Shota Arveladze “Lokomotiv”ga qarshi o‘yindagi 7:0 haqida: Bu “Bavariya” — “Barselona” bahsiga o‘xshab ketdi

Shota Arveladze “Lokomotiv”ga qarshi o‘yindagi 7:0 haqida: Bu “Bavariya” — “Barselona” bahsiga o‘xshab ketdi


“Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze Coca-Cola Superliga 12-turi doirasida “Lokomotiv”ga qarshi kechgan uchrashuvdan (7:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Derbi uchun noodatiy hisob bo‘ldi. Bu o‘yin “Bavariya” — “Barselona” bahsiga o‘xshab ketdi. Yigitlar uchun xursandman. Qiyin davrdan o‘tib oldik. Yaxshi o‘ynadik va bahsni nazorat qildik. Beshta almashtirish amalga oshirganda o‘yin sur’atini birdek saqlash qiyin, lekin biz buni uddaladik. “Nasaf” bilan ham, bu o‘yinda ham shunday bo‘ldi. Zaxiradan tushgan futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatdi. Ularning shunday yaxshi ishlayotganidan baxtiyorman. Bu bahs derbi tarixidan o‘rin oladi deb o‘ylayman. “Lokomotiv”ga bunday qiyin holatdan tezroq chiqib olishini tilayman.

Futbolchilarni terma jamoaga qo‘yib yuboramanmi? Avvalo terma jamoaga futbolchini qo‘yib yubormaslikka haqqim yo‘q. Bundan tashqari futbolchilar ham terma jamoada o‘ynashni istaydi. Umid qilamanki, bizning chempionat o‘yinlari hamda Chempionlar Ligasi oldidan ma’qul holat topiladi.

Tomas Myuller intervyu berib bosh murabbiy tanaffus vaqtida futbolchilarga oltitadan ko‘p gol urmanglar deganini aytdi? Bunday intervyuni ko‘rmadim. Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar muxlislar uchun o‘ynashda davom etamiz. Raqib, muxlislar hamda o‘z jamoangni hurmat qilish lozim. Futbolchilar o‘z imkoniyatlarini oxirigacha namoyish etishi kerak.

To‘g‘ri, sentabr oyida bizni juda ham og‘ir taqvim kutmoqda. Biz besh haftani yo‘qotdik va bu davrda davolandik. Raqiblarimiz esa chempionatda o‘yinlar o‘tkazdi. Lekin bizda OChLda 6 ochko bor. Birinchi navbatda guruhdan chiqishimiz shart. Keyin nasib bo‘lsa navbatdagi bahslar haqida bosh qotiramiz.

Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi

Mazkur g‘alabadan keyin “Paxtakor” ochkolarini 31 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘rinni mustahkamladi. Jamoa keyingi turda “Andijon”ga qarshi o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 112) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют