» » Toshkentda o‘zbek—qirg‘iz davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi

Toshkentda o‘zbek—qirg‘iz davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi


24—27-avgust kunlari Toshkent shahrida o‘zbek—qirg‘iz davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi hamda ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Avvalroq 26-avgust kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari izchil kengayib, mustahkamlanib borayotgani qayd etilgan. Savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan edi.

Mazkur uchrashuv chog‘ida Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari – delegatsiya rahbari Akram Madumarov pandemiya davrida O‘zbekiston rahbariyatining qirg‘iz xalqiga ko‘rsatgan insonparvarlik yordamlari uchun Qirg‘iziston rahbariyati nomidan samimiy minnatdorlik bildirgan.

Hukumatlar delegatsiyalarining 27-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yakuniy muzokaralari doirasida tomonlar 2017—2020-yillarda ikki mamlakat ishchi guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan davlat chegarasining ayrim nuqtalarini belgilash loyihasini tasdiqlash haqida kelishuvga erishildi. Shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida ayrim o‘tkazish punktlarini ochish masalasi ham muhokama qilingan.

Do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik ruhida o‘tgan muzokaralar yakunida tegishli bitimlar imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, 22-avgustda Qirg‘iziston 31 ta davlat fuqarolariga o‘z chegaralarini ochgan, biroq ro‘yxatga O‘zbekiston kiritilmagan.

Mavzuga doir: Abdulla Aripov So‘x bo‘yicha hech bir topshiriq “qog‘oz”da qolmasligini ta’kidladi

Ma’lumot uchun, 31-may kuni O‘zbekistonning So‘x tumani Chashma qishlog‘i va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani Chechme qishlog‘i aholisi o‘rtasida Qirg‘iziston hududida joylashgan, suvidan O‘zbekiston ham foydalanadigan Chashma bulog‘i ustida bahs chiqib, katta mojaroga aylanib ketgan. So‘x tumani hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik tan jarohati olgan, O‘zbekiston hududidagi uchta xonadonda yong‘in chiqqan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida uy va omborxona yonib ketgan.

Ushbu holat yuzasidan 1-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida qo‘shni mamlakat hukumati rahbari bilan uchrashdi. Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют