» » Samarqandda loyiha qiymati 10 milliard so‘m bo‘lgan yozgi va qishki dam olish maskani foydalanishga topshirildi

Samarqandda loyiha qiymati 10 milliard so‘m bo‘lgan yozgi va qishki dam olish maskani foydalanishga topshirildi


Samarqand viloyatida 2020-yilning o‘tgan davri mobaynida 24 ta turistik loyiha ishga tushirilgan. Xususan, viloyatda 6 ta mehmonxona foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 21 ta oilaviy mehmon uylari tashkil etilgan. Shuningdek, sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi 8 ta turistik mikroavtobuslar sotib olinib, 12 ta turoperatorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Pandemiya sharoitiga qaramasdan Samarqand shahri va viloyatning tabiati maftunkor tog‘li hududlarida, dam olish maskanlari soni 40 taga yetkazilib, bir kunda 5700 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyati yaratilgan.

Xususan, Samarqand tumani “Yangi joy” mahalla fuqarolar yig‘inida Oqbo‘yra garden dam olish maskanida umumiy qiymati 10 milliard so‘m bo‘lgan 20 ta yozgi va 20 ta qishki dam olish uyi, basseyn, umumiy ovqatlanish markazi foydalanishga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq pandemiya davrida joylashtirish vositalarining yuklamasi keskin tushib ketishi va aksariyat hollarda ular faoliyatining to‘xtatilganligi sababli 2020-yil 28-maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga muvofiq, turistik (mehmonxona) yig‘imni hisoblash va to‘lash 2021-yilning 1-yanvarigacha to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Navoiyda loyiha qiymati 6 mln dollar bo‘lgan dam olish maskani ish boshladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют