» » Amudaryo tumani FHDYo bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Amudaryo tumani FHDYo bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi


Amudaryo tumani Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda 9-dekabr, shanba kuni O‘zA xabar berdi.

Loyiha qiymati 1,25 milliard so‘m bo‘lgan zamonaviy binoda tantanalar zali, arxiv, “oila dorilfununi”, ota-onalar, nikohlanuvchi yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga mo‘ljallangan xonalar, xodimlar uchun alohida va boshqa maishiy-xo‘jalik xonalari, kelin-kuyovlar saloni bo‘lib, barchasi zarur jihozlar bilan ta’minlangan.

“Shu kuni yangi ‘Baxt uyi’da birinchi nikoh qayd etildi — Ahmadjon To‘liboyev va Shohista Ollaberganovaga nikoh guvohnomasi topshirildi”, — deb yozadi O‘zA.

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi bayrami arafasida tumandagi 1-davlat notarial idorasining yangi binosi ham foydalanishga topshirilgan edi.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют