» » Tesla o‘z haydovchisi kino ko‘rib ketayotgan vaqtda politsiya mashinalari bilan avariya sodir etdi

Tesla o‘z haydovchisi kino ko‘rib ketayotgan vaqtda politsiya mashinalari bilan avariya sodir etdi


Amerikaning Shimoliy Karolina shtatida avtopilotda harakatlanayotgan Tesla Model S ikkita politsiya avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etdi. Ma’lum bo‘lishicha, to‘qnashuv vaqtida Tesla haydovchisi film tomosha qilayotgan bo‘lgan, deb xabar beradi Motor.

Politsiyachi YTHga uchragan boshqa bir yo‘l-patrul xizmati xodimiga yordam berish uchun yo‘lda to‘xtagan. Bu vaqtda Tesla katta tezlikda patrul mashinasiga kelib urilgan. Zarbaning kuchidan uning yonida turgan sherifning avtomobili ham uchib ketgan.

Zarba oqibatida ikkala politsiyachi ham yerga yiqilgan, biroq avtomobillardan boshqa hech kimga zarar yetmagan: patrul mashinasi old bamper, faralar va qanotidan ayrilgan. Ikkinchi politsiyachiga tegishli avtomobilning esa orqa chap g‘ildiragi uchib ketgan, eshiklari qiyshaygan.

Keyinroq Tesla Model S haydovchisi boshqaruvni elektrokarning avtopilotiga to‘liq ishonib, smartfonida kino ko‘rib ketayotganini tan olgan. Bundan tashqari, Model S modeliga Autopilot’ning birinchi darajasi o‘rnatilgan bo‘lib, biror marta yangilanmagan.

Avariya sababchisiga bir nechta ayblov e’lon qilingan. U yo‘l harakati qoidalarini buzgani, shuningdek, salonga televizor joylashtirgani uchun jarimaga tortilishi mumkin.

Avvalroq Tesla Model 3’ning ruli harakat vaqtida uzilib tushgani, Xitoyda Tesla avtopiloti soatiga 127 kilometr tezlikda harakatlanib YTHga uchragani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Tesla egasi mashinasini o‘g‘irlashga uringan shaxsni smartfon yordamida salonga qamab qo‘ydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют