WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Neymar PSJdan Messini sotib olishni so‘radi
Neymar PSJdan Messini sotib olishni so‘radi
PSJ hujumchisi Neymar “Barselona” forvardi Lionel Messini Parij klubida ko‘rmoqchi.
Sky Sports jurnalisti Brayan Suonsonning xabar berishicha, 28 yoshli braziliyalik futbolchi Parij klubi rahbariyatidan Messini sotib olishni so‘ragan.
Ta’kidlanishicha, PSJ hozircha Messiga taklif bildirmagan va hech qanday rasmiy choralar ko‘rmagan.
Eslatib o‘tamiz, hafta avvalida Messi “Barselona”dan ketish istagida ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Manchester Siti” argentinalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun favorit bo‘lib turibdi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!