» » “Manchester Siti” Lionel Messi transferi uchun qancha mablag‘ ajratishi ma’lum bo‘ldi

“Manchester Siti” Lionel Messi transferi uchun qancha mablag‘ ajratishi ma’lum bo‘ldi


“Manchester Siti” jamoasi “Barselona” hujumchisi Lionel Messi transferi borasida taklif tayyorlamoqda.

Jurnalist Tankredi Palmerining xabar qilishicha, ingliz klubi rahbariyati argentinalik futbolchi transferi uchun 200 million yevro ajratishga tayyor. Uning ma’lum qismi pul va qolgani futbolchilardan iborat bo‘ladi.

Katalon klubi Messi uchun shartnomada ko‘rsatilganidek 700 million yevro so‘ramoqchi emas. Biroq “Barselona” Messini 223 million yevrodan kamiga qo‘yib yuborishni istamayapti. Bu orqali klub futbol tarixidagi eng yirik transferni amalga oshirmoqchi.

ESPN xabariga ko‘ra, “Manchester Siti” Messiga 3 yillik shartnoma va u tugaganidan keyin “Nyu-York Siti”ga yo‘l olish variantini taklif qilgan. Shuningdek, Messiga MLS’dagi faoliyatini tugatganidan keyin City Football Group elchisi lavozimi taklif etiladi.

Mazkur manba bergan xabarda “Manchester Siti” Messi uchun 100—150 million yevro, shuningdek, himoyachilar Erik Garsiya va Anxelinyoni “Barselona”ga taklif qilishi mumkinligi aytilgan.

25-avgust kuni Messi “Barselona”ni tark etishga qaror qilgani haqida klub rahbariyatiga ma’lum qilgan. Futbolchi shartnomani biryoqlama bekor qilish niyatida, biroq jamoa bunga ko‘nmayapti.

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют