» » Manba: Lionel Messi “Manchester Siti”ga o‘tishga qaror qildi

Manba: Lionel Messi “Manchester Siti”ga o‘tishga qaror qildi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishga qaror qildi, deya xabar bermoqda jurnalist Marselo Bexler.

Qayd etilishicha, Messi ingliz klubi bosh murabbiyi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi shartnomada ko‘rsatilgan kelishuvni biryoqlama bekor qilish bandidan foydalanmoqchi bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ammo katalon klubi Messini shartnomasida ko‘rsatilgan 700 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Agar Messi shartnomani bir tomonlama bekor qilishga harakat qilsa, “Barselona” uni sudga berishga tayyorligi ta’kidlanmoqda.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Messi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 26 ta golli uzatmag mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2021-yilning yozigacha amal qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют