» » Ilon Mask insonlarni chiplashtiriga mo‘ljallangan qurilma taqdimoti qachon o‘tkazilishini ma’lum qildi

Ilon Mask insonlarni chiplashtiriga mo‘ljallangan qurilma taqdimoti qachon o‘tkazilishini ma’lum qildi


28-avgust kuni SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Maskka tegishli Neuralink kompaniyasi “miya-mashina” interfeysining taqdimotini o‘tkazadi. U bosh miyasi og‘ir jarohatga uchragan insonlarga yordam berish uchun mo‘ljallangan. Bu haqda Maskning o‘zi Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

“Oldindan g‘ulg‘ula ko‘tarishni istamayman, biroq potensial miya va motor funksiyasining qayta tiklanishida haqiqatdan ham transformativdir”, — deb yozadi Mask.

Neuralink kompaniyasi o‘zining yangi texnologiyasini 2019-yilda taqdim etgan. “Tikuv mashinasiga kabi” maxsus robot ipga o‘xshash elektrodlarni inson miyasiga chuqur joylashtirib, uni bemor qulog‘iga qotirilgan “qabul qiluvchi-kapsula”ga ulaydi.

????#Neuralink, founded by @ElonMusk, is reportedly about to demonstrate a brain machine interface. How do you feel about mixing #AI with our brains?#ArtificialIntelligence
V/@DigitalTrends cc:@CurieuxExplorer @PawlowskiMario @Nicochan33 @MargaretSiegienpic.twitter.com/8n2flSFi2f

— Margaret Siegien ???? ???????? (@MargaretSiegien) August 25, 2020

Qurilma miyaga signallarni Bluetooth orqali uzatishga qodir bo‘lib, insonga komyuterni boshqarish yoki o‘z miyasi faolligini nazorat qilish imkonini beradi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, texnologiya maymunlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan va miyasiga elektron ulangan maymun “miyasi yordamida kompyuterni boshqara olgan”. Endilikda ko‘pchilik mazkur texnologiyaning insonlarda sinalishining e’lon qilinishini kutmoqda.

Qurilmani yaratishda sinovlar hayvonlarda o‘tkazilgan, kompaniya mutaxasssilari kalamush miyasiga 1,5 mingta elektron o‘rnatishga erishgan. Ularning har biri inson sochidan to‘rt barobar kichik. Maxsus protsessor 10 ming elektroddagi ma’lumotlarni qayta ishlashga qodir bo‘lib, uning o‘lchami 4x4 millimetrni tashkil etadi.

Avvalroq Mask bu turdagi mukammal texnologiyalarni yaratishga qancha vaqt talab etilishi borasidagi savollarga Mask “5-10 yil” deb javob qaytargan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют