» » Samarqandda boladigan ShHT sammitiga tayyorgarlik ishlarida 7,4 mlrd som talon-toroj qilingani aniqlandi

Samarqandda boladigan ShHT sammitiga tayyorgarlik ishlarida 7,4 mlrd som talon-toroj qilingani aniqlandi


Samarqandda 2022-yilda otkazilishi kutilayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) sammitiga tayyorgarlik ishlarida jami 7,4 milliard som pul talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ozbekiston Prezidentining 2018-yil 16-martdagi qarori bilan Samarqand viloyati hokimligi huzurida Obodonlashtirish va farovonlikni oshirish jamgarmasi tashkil etilgan. Jamgarma hisobidan viloyat hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida hududiy infratuzilmani yaxshilash va obodonlashtirish maqsadida suv taminoti va kanalizatsiya, ichki yollar, ijtimoiy obyektlar kabi 10 ta yonalishda qurilish va tamirlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda.

Malum qilinishicha, Bosh prokuratura tomonidan Samarqand shahrida navbatdagi sammitni otkazishga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari organilganda bir qator qonunbuzarliklar qayd etilgan.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi qaroriga asosan tuzilgan royxatdagi avtomobil yollariga oid 4 ta, ichimlik va oqova suv tarmoqlariga oid 8 ta obyekt qurilishi noqonuniy ravishda, yani pudratchilarni tender orqali aniqlamasdan, loyiha hujjatlarini tayyorlash bilan birgalikda olib borilmoqda.

Bundan tashqari, viloyatdagi obyektlar qurilishida mablagdan togri foydalanilishi ustidan moliyaviy nazorat hamda qurilish meyorlari va qoidalariga rioya etilishi ustidan texnik nazorat togri tashkil etilmagan. Bu esa ajratilayotgan pullarning talon-toroj qilinishi, ishlarning sifatsiz bajarilishiga sabab bolayotgani malum qilindi.

Xabarda takidlanishicha, hozir aniqlangan holatlar yuzasidan 5 ta jinoyat ishi qozgatilib, tergov otkazilmoqda.

Xususan, Samarqand shahar Afrosiyob kochasining 1,9 kilometrlik qismida F.G. MChJ ichimlik va oqova suv tarmoqlarini ornatgan, S.Y. UK kochaning ayni shu qismiga asfalt yotqizgan. Biroq 2020-yilning aprel oyiga kelib yolda koplab notekisliklar hosil bolib, yotqizilgan asfalt yaroqsiz ahvolga tushib qolgani aniqlangan.

Suv tarmoqlarini tortish hamda asfalt yotqizishning qonuniyligi organilganda pudratchilar tender otkazmasdan tanlangani, qurilish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan parallel ravishda ekspertizadan otkazilmasdan turib olib borilgani aniqlandi. Shuningdek, oqova suv tarmogini tortishda qurilish meyorlari qopol ravishda buzilgan. Jumladan, 85 million som pul qoshib yozish orqali talon-toroj qilingan.

Bundan tashqari, jamgarma hisobidan qurilish, tamirlash, obodonlashtirish ishlarini bajarishda jami 7,4 milliard som pul talon-toroj qilingani va notogri sarflangani aniqlangan.

Qurilish, tamirlash va obodonlashtirish jarayonida yol qoyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qatiy nazorat ornatildi, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:Samarqandda ShHT sammiti uchun mehmonxonalar qurish maqsadida uylarni buzish rejasidan voz kechildi



Manba: Daryo.uz
: admin (28-08-2020, 15:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 23) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -