» » O‘zbekiston Moliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Moliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi


O‘zbekiston Moliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Uralov Sobir Pirimqulovich tayinlandi, deb xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

Sobir Uralov 1973-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 1995-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti hamda 2006-yilda O‘zbekiston Bank va moliya akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1995-yili Jizzax viloyati “Samarqand” shirkatlar uyushmasining 7-bo‘limi hisobchisi sifatida boshlagan. 1996–1997-yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Samarqand bo‘limining umumiy bo‘limi xodimi bo‘lgan. 1997–2011-yillarda Moliya vazirligi tizimidagi tashkilotlarda faoliyat olib borgan. 2011–2013-yillarda O‘zbekiston Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini moliyalashtirish bo‘limining bosh iqtisodchisi, 2013–2020-yillarda O‘zbekiston Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i.

2020-yilda Ijtimoiy soha, fan va ijtimoiy himoya tarmoqlarida budjet siyosati departamenti Ta’lim va fan tarmoqlarida budjet siyosati boshqarmasi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tarmog‘ida budjet siyosati sho‘basi mudiri sifatida ishlagan.

Tayinlovga qadar Ta’lim, fan va madaniyat tarmoqlarida budjet siyosati departamenti Ta’lim va fan sohalarini moliyaviy ta’minlash boshqarmasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’limi hamda fan sohalari moliyasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют