» » Riki Martin Demet O‘zdemirning folloveriga aylandi, Kenan Imirzalio‘g‘lu ota bo‘ladi. Turk kinosi yangiliklari

Riki Martin Demet O‘zdemirning folloveriga aylandi, Kenan Imirzalio‘g‘lu ota bo‘ladi. Turk kinosi yangiliklari


Turkiyaning yulduzlari hayoti haqida ularning Instagram sahifalari yoki matbuoti orqali yangi xabarlarni bilib olish mumkin. Marhamat, ularning bir nechtasi bilan siz ham tanishing.

Demet O‘zdemir

Demet O‘zdemirning Instagram sahifasidagi kuzatuvchilar soni 10,5 millionga yetdi. Aktrisa esa o‘zining Beykozda joylashgan hashamatli uyida yangi suratlari bilan bo‘lishmoqda. Ikki qavatdan iborat villada bog‘ va suzish uchun hovuz mavjud. Demet uyining garderobidan tortib to sport zaligacha biror narsani unutmagan. Epidemiya boshlangan vaqtda Demet uyda o‘tirishga chaqirgan fotosuratni Instagram sahifasiga joyladi. “Albatta, 500 kvadrat metrdan iborat uyda birgina odam qola oladi. Lekin maydoni 75 kvadrat metrlik uyda 5 kishi bilan qolib ko‘ring. Sizga buni gapirish oson”, deya muxlislardan biri unga izoh qoldirgan.

Umut Evirgen va Melisa Shenolsun

Tuba Buyukustunning sobiq sevgilisi Umut Evirgen va yosh aktrisa Melisa Shenolsun o‘rtasida “bomba portladi”. Umut Melisaning akasi Efejanni qabul qildi, bu esa Umutni ularning oilasiga kirganidan darak.

Jansu Tosun va Marsel

Jansu Tosun va Erkan Kolchak Kostendil o‘tgan oy Marsel ismli chaqaloqqa ota-ona bo‘ldi. Jansu ba’zida Instagram sahifasi orqali o‘g‘lining surati bilan bo‘lishib turadi va bu safar “Mening yangi ustozim. Kim biladi, sizdan nimalarni o‘rganamiz?” deb yozgan surati ko‘plab izohlarga sabab bo‘ldi.

Jansu insonlarni yangilik bilan quvontirish bilan birga qayg‘uli voqea haqida ham xabar berdi. Aktrisaning buvisi shifoxonada ekanligi va unda COVID-19 aniqlanganini ma’lum qildi. Jansu barchani ehtiyot choralarini unutmaslikka chaqirgan. “Ba’zida biz epidemiyani tugagan deb hisoblaymiz, ammo u yo‘q bo‘lib ketmagan, tarqalishda davom etyapti”, — deydi aktrisa.

Zaynab Tugche Bayat va Jansel Elchin

View this post on Instagram

Y?llar sonra tesadu?fen kars??las?t?g??m?zda burada bulus?acag??m?z? tahmin etmemis?tim. Seni c?ok seviyorum ???? @cnslelcn_official . . . Mekan @narkoyjournal @nazosarginsener Gelinlik @project.bridal bridal / Styling @tutkuby Damatl?k @damat_official / Styling @burakkcmr Make up @gamzeteq Hair @sedattemur Fotog?raf: @kayrasercanwedding Video: @bmdwedding @videographyart

A post shared by zeynep tugce bayat (@zeyneptugcebayat) on

Zaynab Tugche Bayat va Jansel Elchin turmush qurdi. Juftlik ilk bora suratga olish maydonchasida uchrashgan va uch yil davom etgan munosabatdan so‘ng oila qurishga qaror qildi. Nikoh marosimi Narko‘y ekologik mehmonxonasida, ochiq havoda o‘tkazilgan. Taklif etilganlar orasida kelin va kuyovning yaqin do‘stlari va qarindoshlari ham bor.

Riki Martin va Demet O‘zdemir

Matbuotda aktrisa Demet O‘zdemirning yangi kuzatuvchisi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Xonanda Riki Martin aktrisaning folloveriga aylandi.

O‘nur Saylak

Onur Saylak “Bobil” serialining ssenariysi ustida ish boshladi.

Sinem Kobal va Kenan Imirzalio‘g‘lu

Sinem Kobal va Kenan Imirzalio‘g‘li ota-ona bo‘lishga tayyorlanmoqda. Juftlik shifokor ko‘rigidan o‘tgan. “Hayajon bor. Shukrki, barchasi joyida. Qizimiz bilan uchrashish uchun ikki oy qoldi”, — deydi Kenan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 36) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют