» » Mariano Dias “Real”dan yana ketadigan bo‘ldi

Mariano Dias “Real”dan yana ketadigan bo‘ldi


Dominikanlik hujumchi Mariano Dias Madridning “Real” klubini tark etadi. Record nashri xabariga ko‘ra, futbolchi Lissabonning “Benfika” klubiga o‘tishga yaqin turibdi.

Qayd etilishicha, tomonlar futbolchining ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishgan. “Benfika” futbolchini sotib olish huquqi bilan 2020/21-yil mavsum so‘ngiga qadar ijaraga oladi.

Faqat ayni damda bir muammo mavjud. “Benfika” Marianoga bir mavsum uchun 4,5 million yevro maosh berishi lozim. Futbolchi “Real”da aynan shuncha maosh oladi. Dias maoshining kamaytirilishiga rozi emas. Ammo lissabonliklar bu summani kamaytirishga umid qilmoqda.

Mariano Dias “Real” tizimida bir necha yillardan beri harakat qiladi. U orada “Lion”ga sotib yuborilgandi. Shundan so‘ng 2018-yilda u yana Madridga qaytadi. So‘nggi ikki mavsumda esa hujumchi 18 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urdi. Transfermarkt portali uning transferini 13 million yevroga baholamoqda.

Retro gollar:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют