» » Bugun, 28-avgust Toshkentda poytaxt xaritasida yangi yorqin joy — Riviera SKM ishni boshladi

Bugun, 28-avgust Toshkentda poytaxt xaritasida yangi yorqin joy — Riviera SKM ishni boshladi


Tantanali ochilish ko‘ngilochar dasturlar va sovrinlar yutug‘i o‘ynaladigan o‘yinlar bilan, amaldagi cheklovlarni inobatga olgan holda, keyinchalik o‘tkaziladi.

Ammo savdo-ko‘ngilochar markazining birinchi ish kunidayoq hoxlovchilar jahon brendlari nomi ostidagi kiyim-kechaklar va aksessuarlar do‘konlari bilan tanishishlari mumkin, savdo markazi terrasalarida turli qit’alar taomlarini tatib ko‘rib, shaharning panoramasini zavq bilan tomosha qilishlari, shunindek fudkortda o‘rnatilgan shahardagi yagona muz maydonchasida uchishlari mumkin.

Dirijerlar xalqaro tanlovining laureati Bobomurod Xudoykulov boshchiligi ostida Alisher Navoiy nomidagi opera va balet O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri simfonik orkestri yakshanba kunigacha yangi savdo va ko‘ngilochar markazi bilan tanishish va qulay xaridlar qilishda maxsus muhit yaratish uchun javobgardir. Quyosh botgach esa ikkinchi qavatning terrasasida musiqiy-chiroqli shouni tomosha qilish mumkin.

Riviera SKM oldin Samarqand Darvoza SKM, Compass SKM, Eski Shahar SM, Anhor park SSH kabi obyektlarni taqdim qilgan The Tower Mall Management Group kompaniyasining loyihalaridan biridir. Yangi SKM Olmazor tumanidagi eski shaharning qoq markazida gavjum bo‘lgan ikki Sebzor va Nurafshon ko‘chalarining kesishuvida joylashdi.

Riviera SKM da Armani Exchange, Calvin Klein, Gant, Camicissima, Liu Jo, Mayoral brendlari O‘zbekistonda ilk bor taqdim etiladi. Shuningdek yangi SKMda U.C. Benetton, Colin‘s, Levis, Lacoste, Tommy Hilfiger, PANDORA, Geox, Giorgio Rotti, USPA, Sacoor Brothers, Okaidi, Erkatoy va boshqa ko‘plab shu kabi brendlarning do‘konlari joylashadi.

Karantin tadbirlari bekor qilinganidan so‘ng ishga tushadigan, O‘zbekistondagi birinchi bolalar uchun Luna park, shuningdek 7 zalli kinoteatr ham barpo etilgan.

Bo‘lib o‘tadigan rasmiy ochilish marosimida tashrif buyuruvchilar uchun ko‘plab kutilmagan hodisalar va sovg‘alar tayyorlanmoqda. Riviera savdo va ko‘ngilochar markazining tantanali ochilish marosimini o‘tkazib yuborishni hoxlamasangiz t.me/rivieramall kanalidagi yangiliklarni kuzatib boring.

.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 12) ( 0) ( 12) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют