» » O‘zbekiston bosh vazir birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari tasdiqlandi

O‘zbekiston bosh vazir birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari tasdiqlandi


Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari O.J.Ramatov bir hafta muddatda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, bosh vazir birinchi o‘rinbosarining faoliyati quyidagi masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan:

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari maqomiga ko‘ra O‘zbekiston hukumatining a’zosi hisoblanadi va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi rayosati tarkibiga kiradi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi va uning rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatiga bevosita rahbarlik qiladi hamda kotibiyat rahbarlari va mutaxassislarining ishlarini tashkil etadi.

Quyidagilar bosh vazirning birinchi o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

Bosh vazir birinchi o‘rinbosarining faoliyati “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi reglamentiga, ushbu nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda kotibiyatning ish rejasi asosida tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют