» » Toshkentda rulda uxlab qolgan Matiz haydovchisi simyog‘ochga urilib, voqea joyida vafot etdi

Toshkentda rulda uxlab qolgan Matiz haydovchisi simyog‘ochga urilib, voqea joyida vafot etdi


Toshkentda charchoq tufayli uxlab qolgan 25 yoshli haydovchi YTH qurboni bo‘ldi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 27-avgust kuni soat 02:30 larda shaharning Mirobod tumani Kichiq xalqa yo‘li ko‘chasida joylashgan “Temir yo‘l” muzeyi qarshisida yuz bergan.

Matiz mashinasi tezligini me’yoridan oshirgan holda haydab ketayotgan 25 yoshli haydovchi A.A. charchoq sabab boshqaruv vaqtida uxlab qolgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, beton simyog‘ochga urilgan.

Oqibatda haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Uning 32 yoshli yo‘lovchisi M.T. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu YTH yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют