» » Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 29-avgust kuni ta’mirlash ishlari sababli yopiladi

Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 29-avgust kuni ta’mirlash ishlari sababli yopiladi


Toshkent shahridagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining bir qismi 29-avgust, shanba kuni ta’mirlash ishlari sababli transport vositalari qatnovi uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 29-avgust soat 06:00 dan soat 18:00 ga qadar Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Nukus va Qo‘yliq ota ko‘chalari oralig‘idagi qismi ta’mirlash ishlari munosabati bilan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Hokimlik tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.

Avvalroq Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Bektemir shohko‘chasidan Munis ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan oraliqdagi qismi ta’mirlash ishlari munosabati bilan 23-avgustdan 1-sentabrga qadar qisman yopilishi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют