» » Toshkentdagi Haydar Aliyev ko‘chasining bir qismi bir haftaga yopildi

Toshkentdagi Haydar Aliyev ko‘chasining bir qismi bir haftaga yopildi


13-iyunda boshlab Toshkentning Mirobod tumanidan o‘tuvchi Haydar Aliyev ko‘chasining bir qismi ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“13-iyundan boshlab Mirobod tumanidagi Haydar Aliyev ko‘chasining Ozarbayjon madaniyat markazi joylashgan manzilidan Sariko‘l ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘idagi yo‘lning bir tomoni ta’mirlash ishlari sabab bir haftaga yopiladi”, — deyiladi xabarda.

Mazkur yo‘ldan harakatlanuvchi haydovchilarga ma’lum muddat aylanma yo‘llardan yurishni tavsiya etiladi.

Toshkent shahar hokimligi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Avvalroq Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li va kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasining 8-mart ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan avtomobil yo‘lining bir tomonida qayta ta’mirlash ishlari sabab yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Toshkentda kichik halqa yo‘li kesishmasidan Jomiy maydonidagi aylanmagacha bo‘lgan yo‘l yopiladi

Eslatib o‘tamiz, 13-iyunga qadar Yashnobod tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasidan kichik halqa yo‘liga o‘tuvchi qo‘shimcha yo‘l ham avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют