» » Toshkent shahrida ta’mirlash ishlari munosabati bilan qator ko‘chalarda avtotransport harakati to‘xtatiladi

Toshkent shahrida ta’mirlash ishlari munosabati bilan qator ko‘chalarda avtotransport harakati to‘xtatiladi


Toshkent shahrida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati qator ko‘chalarda avtotransport harakatlanishi to‘xtatiladi. Bu haqda IIBB axborot-multimedia markazi ma’lum qildi.

Jumladan, 24-iyundan boshlab to sovuq suv ta’minoti quvurlari almashtirilguncha (taxminan bir oy davomida) Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Nukus ko‘chasi yo‘nalishidan to Talimarjon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopildi. Qarama-qarshi tomonga harakatlanish ochiq qoldirilgan, shuningdek, Mehrjon ko‘chasi bo‘ylab aylanib o‘tish mumkin.

Metropoliten qurilishi munosabati 23-iyundan boshlab qurilish ishlari tugaguncha Elbek ko‘chasining Aviasozlar ko‘chasidan Alimkent ko‘chasigacha bo‘lgan qismi ham berkitildi.

Bunyodkor ko‘chasining Kichik halqa yo‘li bilan kesishmasidagi yo‘lo‘tkazgich kapital ta’mirlanishi munosabati bilan 25-iyundan boshlab Bunyodkor ko‘chasining Muqimiy ko‘chasidan Qatortol ko‘chasi 2-o‘tish yo‘ligacha bo‘lgan qismi yopildi. Mazkur o‘tish yo‘li, shuningdek, Do‘mbirobod 4-o‘tish yo‘li, Chilonzor, Qatortol ko‘chalari va Kichik halqa avtoyo‘li orqali aylanib o‘tish uchun imkoniyat yaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют