» » Shavkat Mirziyoyev to‘ylarni bir kunda 3—4 marta o‘tkazish holatlariga chek qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev to‘ylarni bir kunda 3—4 marta o‘tkazish holatlariga chek qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi


O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-avgust, juma kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatda pandemiya sharoitida to‘ylarni o‘tkazish bo‘yicha belgilangan cheklovlarga amal qilish kerakligini ta’kidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda hokimlar, sektor rahbarlari hamda mutasaddi idoralar xodimlari har bir mahallada, jamoat joylari, transport va korxonalarda sanitariya talablari bajarilishi bo‘yicha temir intizomni ta’minlashi zarurligi aytib o‘tildi.

Qayd etilishicha, to‘y-marosimlarni bir necha kun davomida yoki bir kunda 3—4 marta o‘tkazish holatlariga chek qo‘yish kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Koronavirusga chalingan bemorlarni dunyodagi eng ilg‘or va ishonchli usullar bilan davolash uchun barcha choralar ko‘rilayotgani, jumladan, hozirgi paytda Rossiya, Germaniya, Turkiya, Xitoydan 75 nafar yuqori malakali shifokor O‘zbekistonda ish olib borayotgani ta’kidlandi

“Infeksiyani yuqtirmaslik, avvalo, o‘zimizga, o‘z sog‘lig‘imizga bo‘lgan e’tiborimizga, oilamizdagi muhitga bog‘liq. Agar hamma, butun jamiyatimiz tozalik, tibbiy himoya va ijtimoiy masofa qoidalariga amal qilsa, kasallik ko‘paymaydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin yumshatilishi asnosida 15-avgustdan boshlab 30 kishilik to‘ylar o‘tkazilishiga ruxsat berilgan.

Shavkat Mirziyoyev 12-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aholini to‘y o‘tkazishda belgilangan talablarga rioya etishga chaqirgandi. Shundan so‘ng Buxoroda karantin qoidalarini buzib, 150 kishilik to‘y qilgan fuqaroga qariyb 4,5 million so‘m jarima belgilangani haqida xabar berildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan e’tiboran ommaviy tadbirlar, xususan, to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi taqiqlangan edi. Ushbu taqiqdan so‘ng to‘y marosimlarini o‘tkazishga uringanlarga nisbatan hatto jinoyat ishi ham qo‘zg‘atildi. Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashib, nisbatan nazorat ostiga olingach, Respublika maxsus komissiyasining 30-maydagi qarori bilan “yashil” toifaga kiritilgan hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berilgandi.

Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan boshlab mamlakatda to‘ylarni o‘tkazish yana taqiqlangandi.

Mavzuga doir: Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi yosh kelin-kuyovlarga o‘z tavsiyalarini berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют