» » O‘zbekistonda 15-avgustdan 30 kishilik to‘ylarni o‘tkazishga yana ruxsat beriladi

O‘zbekistonda 15-avgustdan 30 kishilik to‘ylarni o‘tkazishga yana ruxsat beriladi


12-avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev karantinni bosqichma-bosqich yumshatish zarurligini, aholining o‘zi shuni iltimos qilayotganini ta’kidladi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Shuni hisobga olib, Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-avgustdan boshlab fuqarolarga o‘z uyida 30 kishilik oilaviy tantana, to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 10-iyuldan karantin talablari kuchaytirilgan, ushbu davrda jumladan, oilaviy tantana, to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazish taqiqlangan edi.

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-avgustdan avtomobillarning kun davomida harakatlanishiga, 17-avgustdan viloyatlararo qatnovlarga ruxsat berish kerakligini ta’kidlagani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют