» » Prezident farmoni bilan afv etilgan 6 nafar sobiq mahkum Namanganga qaytib keldi

Prezident farmoni bilan afv etilgan 6 nafar sobiq mahkum Namanganga qaytib keldi


Prezidentning afv to‘g‘risidagi farmoniga asosan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan 6 nafar sobiq mahkum Namangan viloyatiga qaytib keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Viloyat IIB probatsiya bo‘limi boshlig‘i Farhod Xolmatovga ko‘ra, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytganlar Namangan shahri, Namangan, Kosonsoy va Uchqo‘rg‘on tumanlaridan. Ularning har biriga ijtimoiy ko‘nikma markazlari tomonidan BHMning 5,5—6 barobari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.

28-avgust, juma kuni viloyat sektorlari rahbarlari afv doirasida Namanganga qaytib kelganlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mahkumlarning har biri bilan alohida muloqot qilindi. Ulardan hol-ahvol so‘ralib, kelgusidagi rejalari bilan qiziqildi. Ijtimoiy hayotga moslashib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari imkoniyati o‘rganildi.

Qudratilla Siddiqov Namangan tumanidagi “Tepaqo‘rg‘on” mahallasida tug‘ilib o‘sgan, 39 yoshda.

— Bundan 12 yil avval diniy-ekstremistik oqim ta’siriga berilganimiz sabab uch aka-uka qamalgandik. Men kenjasiman. Uch yil avval akam Sobir Siddiqov afv bilan uyga qaytib keldi, endi menga shunday imkoniyat berildi. Hozir katta akam Fozil Siddiqov jazosini o‘tayapti, u kishi uchun ham yorug‘ kunlar yaqin degan umiddaman.

Viloyat rahbarlari bilan yuzma-yuz uchrashganimdan xursandman. Menga uyimizni ta’mirlab olish uchun mablag‘, dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun yer ajratib beriladigan bo‘ldi. Albatta, qilgan ishimdan pushaymonman. Otadan erta ajraganmiz, bizni oq yuvib, oq taragan onamning yuzini yerga qaratdik. Endi duolarini olib, u kishi uchun tirgak bo‘lish, bizga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman, — deydi Qudratilla.

Uchrashuv yakunida sobiq mahkumlarning har biriga maishiy texnika taqdim etildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami munosabati bilan 113 nafar mahkumni afv etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют