» » Jahon banki Doing Business reytingini e’lon qilishni vaqtincha to‘xtatdi. Bunga avvalgi reytinglardagi xatoliklar sabab bo‘lgan

Jahon banki Doing Business reytingini e’lon qilishni vaqtincha to‘xtatdi. Bunga avvalgi reytinglardagi xatoliklar sabab bo‘lgan


Jahon banki mamlakatlarda biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlar baholanadigan Doing Business reytingini e’lon qilishni vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda tashkilot saytida ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, Jahon banki hisobot ma’lumotlarini qayta ko‘rib chiqadi. Bunga avvalgi hisobotlardagi ma’lumotlarni ma’lumotlar o‘zgarishi bilan bog‘liq nomuvofiqliklar yuzaga kelgani sabab bo‘lgan. Biroq aynan qaysi mamlakatlar ma’lumotlarida nomuvofiqliklar bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.

Jahon banki so‘nggi besh yillik reyting natijalarini tekshirib chiqadi. Ushbu tekshiruv bilan Jahon bankining mustaqil ichki audit guruhi shug‘ullanadi. “Olingan natijalar asosida ish tutib, nomuvofiqlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlarning ma’lumotlarini retrospektiv tarzda to‘g‘rilab qo‘yamiz”, — deyiladi tashkilot xabarida.

O‘zbekistonda Doing Business reytingiga katta e’tibor beriladi. Mamlakatning ushbu reytingda o‘rinini yaxshilash uchun 2018-yildan buyon oltita hujjat qabul qilingan. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning yozida Doing Business’da O‘zbekistonning reytingini oshirish to‘g‘risida qaror imzolagan edi. Moliya vaziri o‘rinbosari Odil Isoqov ushbu reyting bo‘yicha yaxshi natijalarga erishilsa, xorijiy investorlarni jalb qilishga yordam berishini aytgandi.

Doing Business 2020 reytingida O‘zbekiston 190 ta davlat ichida 69-o‘rinni egalladi. Mamlakat o‘tgan yilgi reytingga nisbatan 7 pog‘onaga ko‘tarilib, Indoneziya va Lyuksemburgni ortda qoldirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют